Klichkoning ringga qaytishi uchun 40 mln dollar taklif qilindi

  • 8 mart, 2019, 15:42
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko yana ringa qaytadigan bo‘lsa, 40 million dollar miqdorida daromad ko‘rishi mumkin, deya xabar beradi Sport Arena nashri.

DAZN striming tizimi 42 yoshli sportchiga ushbu mablag‘ni berishi mumkin, biroq buning uchun Klichko uchta jang o‘tkazishi zarur.

Rejaga ko‘ra, har uchala jang ham 2019 yilda tashkil qilinadi. Janglar may, sentyabr va dekabr oylariga o‘tkaziladi.

Ulardan biri Germaniya bo‘lib o‘tsa, qolgan ikkitasiga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi. Hozirda ukrainalik bokschining bu janglarda raqiblari Tayson Fyuri va Entoni Joshua bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!