Klopp “Barsa”ning 100 million evrolik vunderkindiga xaridor

  • 13 sentabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” tarkibni kuchaytirish maqsadida kelasi yozda katta transferlarni  amalga oshirishni mo‘ljallayaptti.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp u qo‘llaydigan taktika mos keladigan futbolchilar qatorida “Barselona” vakili Pedri ham taklif qilmoqchi.

Ayni paytda liverpullik skautlar 18 yoshli yarim himoyachining o‘yinini izchil kutishda davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, kataloniyaliklar futbolchining shartnomasida uni olmoqchi bo‘lgan klublar 100 million evro to‘lashi kerakligini belgilab qo‘ygan.

Pedri 2020 yili “Las-Palmas”dan 20 million evro evaziga “Barselona”ga o‘tganidan keyin uning o‘yini ochilib ketdi. U “Barselona” asosiy tarkibidan muqim joy olish bilan birga Ispaniya terma jamoasiga ham muntazam taklif qilina boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!