Klopp bu ishdan qattiq afsusda!

  • 10 sentabr, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Independent nashri jurnalisti Migel Delani “Liverpul” rahbariyati yozda Sadio Manening ketishiga yo‘l qo‘yilgani katta xato bo‘lganini tan olgani haqida yozdi.

Tecno

Klub senegallik futbolchi o‘rnini bosa oladigan yangi o‘yinchi olib kelmagani jamoaning o‘yin uslubiga jiddiy zarar etkazmoqda.

Qolaversa, jamoa a’zolari orasida jarohatlanganlarning ko‘payib ketgani ham vaziyatga yomon ta’sir qildi.

Aslida “Liverpul” Sadio Manega voris sifatida Fabio Karvalyuni olib kelgan edi. Biroq, yosh o‘yinchi talantli ekaniga qaramay, jahon darajasidagi yulduzning o‘rnini bosa olmayapti. Bundan tashqari, hujumni kuchaytirishi kerak bo‘lgan Darvin Nunesning Angliya futboliga moslashuvi juda sekin kechmoqda.

Endi bosh murabbiy Yurgen Klopp jamoa o‘yinini qayta shakllantirish uchun qishki transfer oynasi ochilgunga qadar Sadio mane darajasida o‘yin qura oladigan yangi ijrochi topishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!