Klopp Germaniya terma jamoasiga 44 futbolchini chaqirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasi oldidan katta ro‘yxat shakllantirdi.
The Touchline manbasi xabar berishicha, mutaxassis yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar uchun milliy jamoaga bir yo‘la 44 nafar futbolchini chaqirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Klopp kelayotgan o‘yinlarda ikki xil tarkibdan foydalanishni rejalashtirgan. «Bundestim» Niderlandiya, Gretsiya (o‘z maydonida va safarda) hamda Serbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Chaqiruv olgan futbolchilar orasida Djamal Musiala, Kay Haverts, Lennart Karl, Yozua Kimmix, Karim Adeyemi, Florian Virts, Nik Voltemade kabi nomdor o‘yinchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga avgust oyida tayinlangan edi. U Germaniya futbol ittifoqi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan.

Fikrlar