Klopp ikki jamoa uchun murabbiylikka qaytishga ko‘ndi

  • 21 aprel, 06:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” jamoasining joriy mavsumdagi o‘yini va natijalari klub mutasaddilari va muxlislarini qoniqtirmayapti.

Ayniqsa, madridliklarning Evropa Chempionlar ligasi chorak finali har ikki uchrashuvida “Arsenal”ga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmagani Karlo Anchelottining klubdagi kelajagi xavf ostiga qo‘ydi.

“Qirollik klubi” italiyalik mutaxassis o‘rniga bir necha nomzodlarni topib qo‘ygan va ularni hamkorlikka ko‘ndirishga harakat qiladi.

Madridliklar nishonidagi murabbiylardan biri “Liverpul”ni tark etganidan keyin jamoa boshqarishdan tanaffus olgan Yurgen Kloppdir.

Ispaniyaning Sport va Britaniyaning The Express nashrlarining ta’kidlashicha, germaniyalik mutaxassis “Real” vakillari bilan bo‘lajak hamkorlikni muhokama qilishga ochiq.

Shuningdek, Yurgen Klopp “Real” bilan kelisha olmagan taqdirda Braziliya terma jamoasi bilan ishlashga ham rozi ekanini bildirgan. Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoani Karlo Anchelottiga topshirmoqchi edi. Biroq italiyalik mutaxassis ayni paytda “Real” bilan bandligini ro‘kach qilib, bu chorlovni qabul qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!