Klopp Kuman ishonmagan futbolchini kutyapti

  • 21 aprel, 2021, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Joriy mavsumda mudofaa chizig‘ida ko‘plab muammolarga duch kelgan va shu sababli, chempionlik unvonini munosib himoya qila olmagan “Livepul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp 27 yoshli frantsiyalik himoyachini o‘z jamoasiga taklif etmoqda.

Umtitining o‘zi ham Ronald Kuman unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotganini inobatga olib, jamoasini yangilashga qarshi emas.

Kataloniya klubiga katta umidlar bilan olib kelingan futbolchi joriy mavsumda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Umtitining kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yarmigacha rasmiylashtirilgan. Kuman ham bu futbolchining ketishiga qarshilik qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!