
Klopp "Liverpul"ga "Yuventus" futbolchisini olib kelmoqchi
Uelslik yarim himoyachi Aaron Remzi “Yuventus”ni tark etib, APLga yo‘l olishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchiga “Liverpul”dan taklif bo‘lmoqda. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibda ko‘rmoqchi. O‘z navbatida “keksa sinora” ham maoshlarga tushayotgan og‘irlikni kamaytirish uchun Aaron bilan xayrlashishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Remzi “Yuventus” safiga 2019 yil “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar