Klopp: MYuning "Siti"ga qarshilik qilolmasligi ma’lum edi

  • 25 aprel, 2019, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha bo‘lib o‘tgan "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtsidagi uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“O‘yinda men kutgan narsa sodir bo‘ldi. “Manchester Yunayted” harakat qildi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Ammo, avvaldan ma’lum ediki ular hozirgi paytda “Manchester Siti”ga qarshi 90 daqiqa qarshkilik ko‘rsata olishmaydi. Ularga bir nechta vaziyatlarda omad etishmadi, yakunda esa “shaharliklar”ning qo‘li baland keldi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kechagi g‘alabadan so‘ng Xosep Gvardiola jamoasi APL musobaqa jadvalida mersisaydliklardan bir ochkoga ilgarilab ketdi va peshqadamga aylanib oldi.

“Manchester Siti” avsum yakuniga qadar "Byornli", "Lester" va "Brayton" jamoalariga qarshi, “Liverpul” esa "Xaddersfild", "Nyukasl" va "Vulverxempton" qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!