Klopp o‘rnini “Liverpul” afsonasi egallaydi

  • 28 fevral, 2021, 16:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, Yugen Klopp 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin “Liverpul”ni tark etib, Germaniya terma jamoasini qabul qilib olishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Klub rahbariyati bosh murabbiy shartnomada belgilangan 2024 yilning yozigacha ishlamaydigan bo‘lsa, uning o‘rniga boshqa mutaxassis topib qo‘yishga qaror qildi. Bu borada liverpulliklar klubning afsonaviy o‘yinchisi Stiven Jerrardni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilmoqchi.

Stiven Jerrard “Glazgo Reynjers”ni muvaffaqiyatli boshqarib, jamoani Shotlandiya chempionati etakchisiga aylantirdi. “Liverpul” rahbariyati uning murabbiy sifatidagi ishidan hayratlanmoqda.

Stiven Jerrard 1998-2015 yillar davomida “Liverpul”da o‘ynagan va keyin AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” klubiga o‘tib ketgan. Mohir yarim himoyachi 2016 yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi. 2018 yilning yozidan “Reynjers” bosh murabbiyi sifatida ish yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!