
Klopp Tyagoning qachon maydonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ikki oydan buyon maydonga tushmayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Tyagoning qachon safga qaytishini aytdi.
“Tyagoning maydonga qaytishiga shoshilmaslik kerak. U hali umumiy guruhda shug‘ullanmayapti, ammo u bunga yaqin.
Tyago kelasi haftadan mashg‘ulotlarga qo‘shilishi mumkinmi? Buning uchun u bir nechta tekshiruvlardan o‘tishi lozim”, - dedi Klopp.
Germaniyalik mutaxassis yangi haftada Jerdan Shakiri va Jeyms Milnerning ham safga qaytishiga umid qilayotganini ham aytib o‘tdi.
Fikrlar