Klopp Xolandning "Siti"ga o‘tganidan afsusda

  • 11 may, 2022, 11:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" futbolchisiga aylangan Erling Xoland haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Sifatli futbolchi. "Manchester Siti" hech qachon bitta o‘yinchi evaziga g‘alaba qozonadigan jamoa bo‘lmagan. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qolsa kerak. 

Menimcha, Erling yangi klubida ham ko‘p gol urishda davom etadi. U buning odatiy va sevimli mashg‘uloti.

Norveg o‘zining noodatiy harakatlari bilan raqiblarni dog‘da qoldiradi. To‘g‘ri, u bu mavsum ko‘p jarohat oldi. Biroq bu narsa Xolandning darajasiga qattiq ta’sir ko‘rsatmaydi, deb o‘ylayman.

Afsuski, "Siti" juda zo‘r transferni amalga oshirdi", - dedi germaniyalik mutaxassis.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!