Kloze endi "Bavariya" yoshlarini shug‘ullantiradi

  • 11 may, 2018, 21:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Miroslav Kloze yana jamoaga qaytdi. 39 yoshli sobiq forvard "Bavariya"  U-17 jamoasi ustozi etib tayinlandi.

Tecno

Kloze jamoa bilan 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Qayd etish joiz, u Germaniya terma jamoasida Yoaxim Lyovga yordam beradi va aynan JCh-2018 dan so‘ng yangi ishga kirishadi.

Ma’lumot uchun, Kloze 2007-2011 yillar oralig‘ida myunxenliklar safida to‘p tepgan. U jamoa safida Bundesligada 98 ta o‘yin o‘tkazgan va jami 24 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!