Klubini o‘zgartirayotgan Shomurodovning transfer summasi ma’lum

  • 6 avgust, 2022, 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning keyingi jamoasi deyarli ma’lum.

“Foot Mercato” nashri jurnalisti Santi Auna o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, futbolchining keyingi manzili “Bolonya” bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  tomonlar kelishuvga erishgan. Transfer keyinchalik 11 million evro evaziga sotib olish sharti bilan ijara asosida amalga oshiriladi.

Oldinroq Eldorga Italiyaning bir qancha klublari va Angliyaning “Vulverxemton” jamoasi ham qiziqish bildirgan edi. Biroq tomonlar Shomurodovning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum A seriya doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
0681 Gol
16/08/2022 16:08
Зўр бўлибди, захирада ўтиргандан кўра янада ўзини кўрсатишга шанс.