Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida eng ko‘p gol urgan 6 futbolchi

  • 18 dekabr, 2016, 19:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasi ham o‘z nihoyasiga etdi. Biz sizning e’tiboringizga ushbu turnirdagi eng sermahsul olti futbolchi haqidagi blogpostni xavola qilamiz.

6. Muhammad Abutrika. 11 o‘yin - 4 gol
Misrning "Al Axli" jamoasi hujumchisi Abutrika 5 ta jahon chempionatida ishtirok etgan. Muhammad 2006 va 2008 yilgi musobaqalarda raqiblar posbonlarini 4 bora ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.

5. Denilson. 3 o‘yin - 4 gol
Denilson Janubiy Koreyaning "Poxang Stilers" klubi safida 2009 yilgi musobaqada 3 ta o‘yinda 4 ta gol kiritgan. Braziliyalik hujumchi o‘sha turnirda Messini ortda qoldirib, eng yaxshi to‘purarga atalgan sovringa ega chiqqan.

4. Sezar Delgado. 6 o‘yin - 5 gol
Meksikaning "Monterrey" jamoasi hujumchisi 2011-2013 yillarda ketma-ket uch marta turnirda ishtirok etgan. Argentinalik futbolchi 2012 va 2013 yilgi musobaqalarda 5 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.

3. Krishtianu Ronaldu. 6 o‘yin - 5 gol
Krishtianu 2008 yilgi musobaqada "Manchester Yunayted" tarkibida bitta gol urgan bo‘lsa, 2014 yili "Real" libosida gol ura olmagan edi. Bu yilgi mavsumda esa portugaliyalik to‘rtta gol bilan eng sermahsul to‘purar bo‘ldi.

2. Lionel Messi. 5 o‘yin - 5 gol
Argentinalik hujumchi 2009, 2011 va 2015 yilgi turnirlarda gol urgan. Shu tariqa, argentinalik uchta mundialda gol urgan yagona futbolchiga aylandi.

1. Luis Suares. 2 o‘yin - 5 gol
Suares o‘tgan yili "Barselona" tarkibida 5 ta gol urdi. Urugvaylikka shuncha gol urish uchun atigi 2 ta o‘yin kifoya qildi. Luis turnirda bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Furqat Yusupov tayyorladi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!