
Klublar o‘rtasidagi JCh. Ilk yarim finalchi nomi ma’lum
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan "Leon" - "Urava Reds" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda yaponiyaliklar 0:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golni Sxalk urdi. Hujumchi 78-daqiqada Kantening uzatmasidan so‘ng meksikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Urava Reds" yarim finalga yo‘l oldi. Klub keyingi bosqichda "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar