Kolumbiya murabbiy O‘zbekiston haqida nimalar dedi?
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Oʻzbekistonga qarshi oʻyindan keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.
U FIFA matbuot xizmatiga bergan izohida bu mundialda zaif jamoalar yoʻqligini, shu bois har qanday raqibni kamsitmaslik kerakligini taʼkidladi.
Lorensoning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi soʻnggi yillarda juda yaxshi natijalarga erishgan.
- Oʻzbekiston bu juda yaxshi tashkil etilgan jamoa. Tarkibida mahoratli futbolchilar va kuchli murabbiy bor. Oʻzbekiston terma jamoasi qay tarzda futbol oʻynashini yaxshi biladi, — dedi Lorenso.
Eslatib oʻtamiz, Kolumbiya terma jamoasi Oʻzbekistoni 3:1 hisobida magʻlub etdi va "K" guruhida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Keyingi turda Kolumbiya Kongo terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston futbolchilari esa, 23 iyun kuni Portugaliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar