"Komо" prezidenti Niko Pasning kelajagi haqida gapirdi

  • 06.06.2026 23:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Komo" klubi prezidenti Mirvan Suvarso yarim himoyachi Niko Pasning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq matbuotda argentinalik futbolchining "Real Madrid"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Niko Pas yana bir yil bizda qoladimi? Bu qarorni faqat “Real” qabul qiladi. Biz kutyapmiz, hammasi ularga bog‘liq",— dedi Suvarso.

Eslatib o‘tamiz, Pas 2016 yildan 2024 yilgacha madridliklar akademiyasi tizimida harakat qilgan. Keyinchalik u "Komo"ga o‘tgan. Shu bilan birga, “Real” futbolchini 10 million yevroga qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan.

21 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 8 ta assist qayd etgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!