Kompani Noyerga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 2 mart, 15:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi va "Brayton" darvozaboni Bart Verbryuggen Evropaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda The Miror nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli niderlandiyalik posbon bilan "Bavariya" jiddiy qiziqmoqda. Myunxen klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani shaxsan ushbu transferga qiziqish bildirgan. Belgiyalik mutaxassis Verbryuggenni 38 yoshli Manuel Noyerning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

Ehtimoliy transferning qiymati 60 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Bart 27 ta o‘yin o‘tkazdi va 7 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!