Komapni: «Oltin to‘p»ni Keyn yoki Olise olsa xursand bo‘laman»
Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogarlar haqida fikr bildirdi.
«Men o‘z shogirdlarim muvaffaqiyat qozonishini istayman. Shuning uchun har qanday murabbiy kabi men ham bu yerda mutlaqo xolis bo‘lolmayman. Rostini aytsam, sovrinni Garri Keyn yoki Maykl Olise qo‘lga kiritса, juda xursand bo‘laman. Ular o‘tgan mavsum 182 ta gol urgan va ko‘plab g‘alabalarga erishgan jamoaning muhim qismi bo‘lishdi», — deya Kompani so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Shu bilan birga, mutaxassis «Oltin to‘p» Liga chempionlarini qo‘lga kiritgan «PSJ» futbolchilaridan biriga ham nasib etishi mumkinligini istisno qilmadi.
Yangi mavsumda 33 yoshli Garri Keyn barcha musobaqalar hisobga olingan holda beshta uchrashuvda maydonga tushdi, uchta gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar