
Kompanining goli "Manchester Siti"ga g‘alaba keltirdi
Angliya premer-ligasining 37-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.
"Siti" sardori Vensan Kompani uchrashuvning 70-daqiqasida uzoq masofadan tepgan zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Aytib o‘tish joizki, 33 yoshli xavbek mavsumda birinchi marotaba gol urdi, u ohirgi marta 2018 yilning 7 aprel kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda gol urgandi.
Fikrlar