
Konate: "Mbappe har ikki soatda meni "Real"ga chaqiryapti"
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate o‘zining "Real Madrid"ga ehtimoliy transferi haqida sho‘xlik bilan fikr bildirdi.
Avvalroq madridliklar Konateni sotib olish imkoniyatini o‘rganib, "Liverpul" bilan aloqa qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Frantsiya terma jamoasi yig‘inida Konateden "Mbappe uni "Real"ga ko‘chishga ko‘ndiryaptimi?" deb so‘rashdi.
"Ha, Kilian Mbappe har ikki soatda menga qo‘ng‘iroq qilib turibdi", – deb kulib javob berdi Konate Telefoot'ga bergan intervyusida.
Fikrlar