
Konor - Pore jangida Davron Fayziev kimning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaydi?
Xabaringiz bor, ertaga tongda "UFC 257" turniri doirasida Konor MakGregor va Dastin Pore bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Saytimiz tomonidan MMA mavzusida tashkil etilgan podkastda Davron Fayziev jang borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Dastin Pore so‘nggi raundlargacha jangni olib borib, kardiodagi ustunlikdan foydalanib ketishi mumkin. Ko‘rganmiz, Getji bilan kechgan jangida ham aynan 3-raundda burilish amalga oshirgan. Ungacha Jastin ochkolar hisobida ham oldinda borayotgandi. Agar eng boshidan oldinga tashlanib, ochiq kurashga kirib ketmasa, Poreda imkoniyat oshib boradi. Tan olish kerakki, zarba kuchi jihatidan MakGregor Dastindan ustun. Texnikadagi farq u qadar katta emas. Ikkisi ham chapaqay, gavda jihatidan ham bir-biriga yaqin sportchilar.
Poreda kurash bazasi mavjud, ammo u bundan foydalanmaydi. Demak, dastlabki 2 raundda Konor, uyog‘iga raqibi favorit maqomida bo‘ladi", - dedi Davron Fayziev.
Quyida ushbu ko‘rsatuvni to‘liq tarzda kuzatishingiz mumkin.
Fikrlar