Konor Makgregor 25 million dollarlik turnirda ishtirok etadi!

  • 28.12.2025 12:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

2026 yil mart oyida rekord darajadagi sovrin jamgʻarmasiga ega global turnir boshlanadi. Unda 84-120 kg vazn toifasida (oʻrta vazndan ogʻir vazngacha) 32 nafar jangchi ishtirok etib, gʻolib 15 million dollarga ega boʻladi.  Loyiha "Kiss Fly Productions" bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sovrin jamgʻarmasi:

1-oʻrin: 15 million dollar;

2-oʻrin: 1 million dollar;

3 va 4-oʻrinlar: 500 ming dollar;

5-8-oʻrinlar: 300 ming dollar;

9-16-oʻrinlar: 200 ming dollar;

17-32-oʻrinlar: 100 000 dollardan;

zaxiradagi jangchilar - 50 ming dollar.

BKFC prezidenti Devid Feldman mazkur musobaqa 12 oy davom etishini eʼlon qildi. Liga Gran-pri janglari paytida olgan jarohatlari tufayli jangchilarga taʼtil vaqtlari uchun kompensatsiya toʻlashga vaʼda beryapti. Birinchi turnir 2026 yil mart oyida Los-Anjelesda, final esa roppa-rosa bir yildan soʻng Yaqin Sharqda boʻlib oʻtadi.

Konor Makgregorning oʻzi esa ushbu musobaqada boshlovchi sifatida ishtirok etadi.

Feldmanning taʼkidlashicha, liga 2026 yil oʻrtalaridan boshlab ayollar uchun shunga oʻxshash turnir oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!