
Konor Makgregor: "Agar men Irlandiya prezidenti bo‘lsam..."
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lsa, nima qilmoqchi ekanini aytdi.
"Biz uysizlar sonini kamaytirishimiz, uy-joy qurishimiz, noqonuniy migratsiya oqimini sekinlashtirishimiz, xarajatlarni nazorat qilishimiz kerak. Mamlakatimiz noto‘g‘ri boshqarilgan, bu hammaga ayon. Siyosat olamiga kirib kelishim juda ko‘p narsani o‘zgartiradi. Men o‘z vatanim uchun kurashishda davom etaman" - dedi Makgregor o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Irlandiyada prezidentlik saylovlari shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Hozirda mamlakat prezidenti lavozimini 83 yoshli Maykl Xiggins egallab turibdi.
Fikrlar