
Konor MakGregor "Kovboy" bilan jang uchun qancha gonorarni qo‘lga kiritadi?
Ma’lumki, 18 yanvar kuni Las-Vegasdagi UFC 246 turniri bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy jangida Konor MakGregor va Donald Serrone oktagonga ko‘tarilishadi. Mazkur jang uchun gonorarlar miqdori ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, homiylik, pulli translyatsiyalardan tashqari, Konor 5 mln, Cerrone esa 2 mln AQSh dollariga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, irlandiyalik Xabib Nurmagomedov bilan jang uchun 3 mln Serrone esa Jastin Getji bilan bo‘lgan so‘nggi jangda 195 ming dollar ishlab topgan edi.
Fikrlar