
Konor Makgregor UFC ga qo‘shilishidan oldin eng katta maosh oluvchi jangchi kim edi?
UFC prezidenti Dana Uayt erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglik mavjudligini ta’kidladi. U, shuningdek, Konor MakGregor mazkur promoushenga qo‘shilishidan oldin eng ko‘p maosh oladigan UFC jangchisi kimligini aytdi.
“Biz gender tengligiga amal qilamiz.. Ronda Rauzi ligada Konor Makgregor kelgunga qadar eng ko‘p maosh oluvchi jangchi edi. Chunki u biz uchun eng katta pullarni olib kelgan" - deya Uaytning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting".
Eslatib o‘tamiz, navbtdagi turnir - "UFC 312" 8-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar