
Konte Italiyaga qaytishi mumkin
Mart oyidan beri ishsiz yurgan Antonio Konte Italiyaga qaytishi mumkin. U "Yuventus"ning yangi bosh murabbiy bo‘lish ehtimoli bor, deya xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar kelasi mavsum boshidan murabbiyni boshlashini istamoqda. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida kelishuvga ham erishilgan.
Avvalroq Konte "Napoli" taklifini rad qilgandi. U yana biroz dam olishni istamoqda. Shu bilan birga, Italiya terma jamoasidan ham taklif kelgani borasida mish-mishlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Antonio so‘nggi marta "Tottenxem"ga murabbiylik qildi. U oldin ham "Yuventus"da ishlagan.
Fikrlar