
Konte Kvaratsxeliyaga o‘rinbosar topdi
"Napoli" "Manchester Yunayted" futbolchisi Alexandro Garnachoga qiziqish bildirmoqda.
"SportItalia" jurnalistlari Alfredo Pedulla va Mishel Krissitello xabariga ko‘ra, Italiya klubi yanvarda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Xvicha Kvaratsxeliyaga o‘rinbosar topish ustida ishlamoqda.
Garnacho "Napoli" ustozi Antonio Kontening asosiy maqsadi ekanligi aytilmoqda.
"Yunayted" vingerining taxminiy transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi APL doirasida 19 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar