Konya-2021. Azizbek Boynazarov musobaqadagi 3-medalini qo‘lga kiritdi!

  • 9 avgust, 2022, 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Hozirgina Konya shahrida davom etayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarining para suzish bahslarida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha final bellashuvlari yakunlandi.

Tecno

E’tiborlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Azizbek Boynazarov 1 daqiqayu 18.26 soniya natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, bu Azizbekning V Islom birdamlik o‘yinlaridagi 3-medali bo‘ldi. Bungacha u 200 metrga kompleks hamda 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!