
Konya-2021. Bugun kimlar yurtimiz sharafini himoya qiladi?
Bugun Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, bugun vakillarimiz 5 sport turida yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Stol tennisi, jamoaviy bahslar: O‘zbekiston – Eron
Para suzish: Azizbek Boynazarov, Sulton Nuriddinov, Abdulaziz Xayrullaev, Baxtiyor Ortiqov.
Gandbol, ayollar. 2-tur: O‘zbekiston – Bangladesh
Engil atletika: Normurod Ergashev (110 metr, to‘siqlar osha), Roksana Xudoyorova, Darya Reznichenko (ikkisi ham uzunlikka sakrash).
Taekvondo: Charos Qayumova (-53 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg), Doniyor Mahkamov (-58 kg).
Shuningdek, bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 ga belgilangan.
Fikrlar