
"Konya-2021". Gandbolchilarimiz bronza uchun bahsda Kamerunga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Islom birdamlik o‘yinlari doirasida gandbolchi qizlarimiz o‘z o‘yinini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Vakilalarimiz bronza medali uchun bellashuvda Kamerunga imkoniyatni boy berdi. Bahs raqib jamoaning 40-27 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Quyidagi videoda gandbolchilarimizning o‘yindan keyingi emotsiyalarini ko‘rishingiz mumkin.
Fikrlar