
"Konya-2021". Ikromovada yana ikkita medal, Tashkenbaeva ham shohsupada
Konya mezbonligida o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida yana 3 ta medalga ega chiqdik.
Bu safar badiiy gimnastikachilarimiz shohsupaga ko‘tarildi. Bungacha 1 tadan oltin va kumush qo‘lga kiritgan Taxmina Ikromova bu gap bulava hamda tasmada mashq bajarish bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Shuningdek, Sabina Tashkenbaeva bulava dasturida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bellashuvlar davom etmoqda.
Fikrlar