"Konya-2022". Bugun qaysi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etadi?

  • 8 avgust, 2022, 10:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
CHERY AUTO

Turkiyada Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Tecno

Bugun vakillarimiz 4 sport turida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Kunning birinchi yarmida velotrekning omnium dasturi va para suzishning saralash bahslari kutib turgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida voleybol va engil atletikachilarimiz diqqat-markazida bo‘lishadi. Bugun startga chiqadigan vakillarimiz haqida:

Velotrek, omnium: Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Aleksey Fomovskiy, Botir Ismatov.

Para suzish: Azizbek Boynazarov (200 metrga aralash usulda suzish)

Engil atletika: Oskar Kuchmuradov (100 m), Darya Reznichenko va Roksana Xudoyorova (ikkisi ham uzunlikka sakrash), Laylo Allaberganova (100 m), Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash), Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish), Farida Solieva (400 m), Evgeniy Fadeev (5 000 m), Doston Rajabov (yadro uloqtirish).

Voleybol (ayollar): O‘zbekiston – Turkiya.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!