
"Kopa Amerika". Kolumbiya Paragvayni qiyinchilik bilan taslim etdi
"Kopa Amerika" "D" guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya - Paragvay bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Munos hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Lerma muvozanatni tikladi. Ensiso esa 69-daqiqada oradagi farqni qisqartirdi.
Ilk turda g‘alaba qozongan Kolumbiya o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi. Paragvay esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar