"Korea Open". Dastlabki kunda 3 ta medal qo‘lga kiritdik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida G2 toifasidagi "Chuncheon Korea Open International Taekwondo Championships" xalqaro musobaqasiga start berildi. Turnirning ilk kunida milliy terma jamoamiz a'zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 3 ta medalga ega chiqdi.

Kumush:

Mironshohmirzo Muzaffarov (-74 kg).

Bronza:

Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg).

Ertaga musobaqaning navbatdagi kunida ayollar o‘rtasidagi bahslar tashkil etiladi va unda yetti nafar hamyurtimiz dayangga ko‘tariladi. Bu haqida O‘zbekiston taeekwondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!