Koronavirus bu o‘yinga xavf sololmadi

  • 09.03.2020 18:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "RB Leyptsig" va "Tottenxem" klublari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislar to‘la stadionda o‘tkaziladi.

Angliya koronavirus epidemiyasi o‘chog‘i hisoblanmagani uchun londonlik muxlislar o‘z suyukli jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega.

"RB Leyptsig" - "Tottenxem" uchrashuvi ertaga 10 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Londonda kechgan dastlabki o‘yinida 1:0 hisobida nemis klubi zafar quchgan edi.

Aytish kerakki, hozirda Germaniyada 1151 nafar inson ushbu kasallikka chalingan. Hozirda mamlakatda koronavirus tufayli o‘lim holat qayd etilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 1/8 finaldan o‘rin olgan PSJ – “Borussiya” Dortmund bellashuvi koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!