Koronavirus mashhurlarni "yaxshi ko‘radi"
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo koronavirus yuqtirib oldi, deb xabar bermoqda “Kruzeyro” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumotlarga qaraganda, futbol afsonasi topshirgan test musbat natija bergan. Shu bois, Ronaldo “Kruzeyro”ning yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok eta olmaydi.
Ronaldu 2021 yilning dekabr oyida “Kruzeyro” aktsiyalarining 90 foizini 62,5 million evroga sotib olib, klub xo‘jayiniga aylangan edi.
O‘z davrida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Reala”, “Milan” va “Korintians” jamoalarida to‘p tepgan hujumchi butsalarini 2011 yilda mixga ilgan. U Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan.



Fikrlar