
Koronavirus MYuga hujum boshladi
“Manchester Yunayted” ham koronavirusdan o‘zini himoya qila olmayapti. Jamoaning yangi futbolchisi Aleks Telles virus yuqtirib olgani aniqlandi.
Jamoa bosh murabbiyi Sulsher ham braziliyalik himoyachi karantinga olinganini tasdiqladi.
Ilgari “Portu”da o‘ynagan Telles bir necha hafta oldin “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tib, jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan edi. U hali Angliya chempionatida debyutini nishonlashga ulgurmadi.
Fikrlar