
Koronavirus sabab yana bir qit’a chempionati to‘xtatilmoqda
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi - KONMEBOL dunyo bo‘ylab keng tarqalishda davom etayotgan COVID-19 virusi tufayli Kopa Amerika-2020 musobaqasini qoldiradigan bo‘ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri ma’lum qilmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra tashkilotchilar tez orada bu haqda rasman e’lon qilishadi. Musobaqa katta extimol bilan 2021 yilga ko‘chiriladi.
Kopa Amerika-2020 turniri joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar Argentina va Kolumbiyada bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar