Koronavirus tufayli Italiyada futbolchilar maoshsiz qolishi mumkin
Italiyada koronavirus sabab mavsumning to‘xtatilishi bilan bog‘liq mojaro tobora avj olib bormoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha A Seriya va B Seriya prezidentlari klublar to‘xtalishdan kamroq zarar ko‘rishlari uchun ulardan futbolchilarga karantin paytida futbolchilarga maosh bermaslikni taklif qilmoqchi.
Biroq, Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi yuqoridagi taklifga qarshi chiqmoqda.
Aytish kerakki, bundan avvalroq A Seriya klublari bugun bo‘lib o‘tgan onlay konferetsiyada mavsumni 9 maydan boshlab davom ettirishga kelishib olishgani ma’lum qilindi.

Fikrlar