Koronavirus tufayli qaysi o‘zbekistonlik bokschilarning janglari qoldirildi?
Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab turli xil tadbirlar, shu jumladan sport musobaqalari bekor qilindi. Jumladan, professional bokschilarimiz ishtirokidagi janglar ham qoldirildi.
Biz ana shunday bekor qilingan o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglar ro‘yxati bilan tanishtiramiz...
- 14 mart kuni AQSh da Zuhriddin Mahkamov ishtirokidagi boks oqshomi.
- 21 mart kuni Kaliningradda boks oqshomi bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘sha jang kechasida Shukurjon Rahimov, Odiljon Aslonov, Ulug‘bek Mubinov navbatdagi janglarida ringga ko‘tarilardi.
- Hozirda “Shohjahon Promotion” bilan hamkorlik qilayotgan iste’dodli bokschimiz Bahrom Fozilovning 26 mart kungi profidagi debyut jangi bekor bo‘ldi.
- 28 mart Olmaotada Fazliddin G‘oibnazarov, Xurshid Tojibaev va Ulug‘bek Haqberdiev ishtirokida "Nauryz fight night" boks oqshomi bo‘lib o‘tishi lozim edi.
- 17 aprel AQShning Florida shtatida Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tishi kerak edi.
- 2 mayda Abdulhay Shorahmatov Shotlandiyada 2- jangini o‘tkazardi.
- 16 mayda Qudratillo Abduqahhorovning Sergey Lipinetsga qarshi IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jangi ham qoldirildi
- Olimpiada yo‘lidagi may oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Parijdagi saralash turniri ham bekor qilindi. Ammo bu yilgi asosiy voqea bu Olimpiya o‘yinlarining 2021 yilga qoldirilishidir.
Tez orada katta sport qayta tiklanadi degan umiddamiz. Iltimos, uyda qoling. O‘zingizga va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling!

Fikrlar