
Koronavirusdan sog‘aygan Andrey Kanchelskis "Navbahor" mashg‘ulotlariga qaytdi
Xabaringiz bor, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotgan edi. Namangan klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, rossiyalik mutaxassis COVID-19 dan to‘liq xalos bo‘lib, bugun Namanganga qaytgan va kechagi mashg‘ulotlarni o‘zi olib borgan.
Shuningdek, PZR testi musbat natija qayd etganligi bois, karantinga olingan Javlon Ibrohimov karantin muddatini o‘tab, yana jamoa ixtiyoriga qaytdi.
Fikrlar