Koronavirusga chalingan Andrey Kanchelskis ahvoli haqida xabar berdi

  • 04.09.2020 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" matbuot xizmati ayni paytda COVID – 19 xastaligidan kasalxonada davolanayotgan jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

"Ayni paytda koronavirus kasalligidan davolanyapman va ahvolim ancha yaxshi. Buning uchun avvalo, meni davolanishim uchun juda yaxshi hamda qulay sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, shuningdek, klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. "Navbahor"ning barcha futbolchilari, klub va “Markaziy” o‘yingoh ishchi-xodimlari, muxlislarga salom yo‘llayman. Sizlarni juda sog‘indim. Umid qilamanki, tez kunlarda ko‘rishamiz. Muxlislarga sabr tilayman. Barchaga sog‘liq – salomatlik, oilaviy baxt yor bo‘lsin! O‘zingizni koronavirusdan asrang va hech qachon kasal bo‘lmang, qadrdonlarim!", - deydi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!