Koutino "Barsa"da qolishi mumkin

  • 24 iyun, 2021, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning jamoadagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda L’Esportiu nashri xabar tarqatmoqda.       

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 29 yoshli braziliyalik futbolchidan tezroq qutulmoqchi, ammo unga hozircha birorta ham jamoadan taklif kelib tushmagan. Shu sababli u katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham “Kamp Nou”da boshlashi mumkin.

Koutino sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon maydonga tushmayapti. Uning “Barselona”dagi yillik maoshi 8,5 million evroni tashkil etadi.

Filippe Koutino ortda qolgan mavsum kataloniyaliklar safida jami 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!