
Koutino "Barselona"da debyut qildi (foto)
Xabaringiz bor kecha Ispaniya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Espanol” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, shu kuni “ko‘k-anor ranglilar” safida yaqindagina “Liverpul”dan sotib olingan Filippe Koutino o‘z debyutini nishonladi. 25 yoshli braziliyalik fubolchi uchrashuvning 68-daqiqasida Andres Inesta o‘rniga zahiradan maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ushbu futbolchini mersisaydliklardan 120 mln evro evaziga xarid qilgan edi.
Fikrlar