Koutino "Bavariya"da bolalar uchun mo‘ljallangan libosda o‘ynamoqda
Gap shundaki, myunxenliklarning texnik hamkori bo‘lgan adidas kompaniyasi braziliyalik futbolchi ijara asosida "Bavariya" safiga kelib qo‘shilguniga qadar klubga liboslarni taqdim etib ulgurgan edi.
"Bavariya"ning barcha uy liboslari bo‘yi 172 santimetr bo‘lgan Koutino uchun kattalik qilgan. Shu bois u bo‘yi 176 santimetr bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan liboslarda harakat qilmoqda.
Qayd etish joiz, myunxenliklarning safardagi bahslar uchun mo‘ljallangan libosi Filippega mos kelgan. Xuddi shu o‘lchamdagi uy bahslari uchun chiqarilgan ekipirokvalar esa ikkinchi davrada unga etkaziladi.

Fikrlar