Koutino "Bavariya"ga o‘tgach nimalar dedi? U qaysi raqamda o‘ynaydi?

  • 19.08.2019 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik vinger Filippe Koutino "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu yangi mamlakatga yangi chaqiruv. Men Evropaning eng yaxshi klublaridan biriga keldim va bu erda o‘ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Xuddi “Bavariya”da bo‘lgani kabi menda ham ulkan maqsadlar bor. Ishonchim komilki, yangi jamoadoshlarim bilan birga maqsadga erisha olaman”, - deydi Koutino.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempioni Koutinoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan “Barselona”dan bir yilga ijaraga oldi. U yangi jamoasida 10-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!