
Koutino Grizmann sabab "Barselona"dan ketishi mumkin
"Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino kuni kecha kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan hujumchi Antuan Grizmanning transferidan so‘ng jamoadan ketishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Braziliya terma jamoasi a’zosi ayni damda faoliyatini davom ettirish uchun 2ta taklifga ega – “Liverpul” yoki PSJ.
Eslatib o‘tamiz, Koutinoning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 90 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Koutino o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 58ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar