Koutino "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

  • 16.06.2019 13:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchiga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Biroq, uning to‘p suradigan pozitsiyasida “shaharliklar” tarkibida futbolchilar etarli.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Koutinoni PSJ o‘z safiga qo‘shib olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan 145 mln evroga sotib olgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U o‘tgan mavsum 54ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!