Koutino "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchiligini aytdi

  • 10.03.2019 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Filipe Koutino "Manchester Yunayted"ga o‘tish istagini bildirmoqda. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki 26 yoshli braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga 2018 yilning yanvarida aynan APL klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, u o‘tgan davr mobaynida jamoaga moslashib keta olmadi va shu bois aksariyat o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmayapti.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami 39ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!